Özi nima gap?

Dunyo böylab grin-karta lotereyasining minglab ğoliblari AQŞ hukumatiga qarşi sudga da'vo kiritişmoqda. Ular orasida özbekistonliklar ham bor.

Da'vogarlar huquqlarini himoya qilayotgan advokat Kyortis Morrison tvitterda AQŞ hukumatiga qarşi da'vo 141 mamlakatdan 24 ming nafardan ortiq odam nomidan berilganini ma'lum qildi. Mazkur iş Kolumbiya okrugi sudi tomonidan körib çiqilişi kutilyapti.

Sudga murojaat qilgan “Turli millat vakillari uçun immigratsiyaviy viza dasturi” (Diversity Immigrant Visa Program – AQŞ rezidenti maqomini oliş huquqini beruvçi vizalar oliş dasturi)ning minglab ğoliblari AQŞ ularning arizalarini körib çiqişdan boş tortayotgani sababli Amerikada yangi hayot boşlaş imkoniyatini yöqotişdan xavotirda.

Har yili 55 mingta grin-karta

DV Lottery dasturida co‘nggi beş yilda AQŞga 50 ming fuqarosi immigratsiya qilgan davlatlardan taşqari barça davlatlar fuqarolari qatnaşa oladi. Özbekistonliklar ham dasturda iştirok eta oluvçilar jumlasidandir. Har yili lotereyada iştirok etganlar orasidan dunyo böylab 55 ming kişi tanlab olinadi. Ular orasida AQŞ fuqarolari va dasturda iştirok eta olmaydigan mamlakatlar vakillari bölmasligi kafolatlanadi.

Uşbu dastur oddiy, lekin qat'iy talablarga javob beradigan şaxslarga doimiy yaşaş maqomini berişni nazarda tutadi. Odatda anketa töldiruvçi heç bölmaganda örta ma'lumotga ega bölişi, Özbekiston şaroitida litsey yoki kollejni tamomlagan bölişi talab etiladi. Grin-karta egalari tasodifiy tanlanadi. Beriladigan vizalar mamlakat va mintaqa böyiça çeklangan. Heç qaysi mamlakatga umumiy «grin-karta»ning 7 foizidan (3,5 ming) ortiği berilmaydi.

Lekin grin-karta yutganlarning hammasi ham AQŞga keta olmagan. 2016 yil may oyida 4 501 nafar, 2017 yil mayida 4 494 nafar özbekistonlikka yutuq çiqqan. Biroq 2017 yilda faqatgina 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda esa 823 nafar Özbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQŞda doimiy yaşaş huquqini