Canadian Proud konservatorlar guruhi Kanadadagi parlament saylovlari arafasida Twitter’dagi sahifasida Kanada boş vaziri Jastin Tryudoning sallada va yuzini qora rangga böyagan holda tuşgan suratini joylaştirdi. Daily Mail naşrining yozişiça, uşbu surat 20 sentyabrda boşlangan saylovlarda Tryudoning ğalaba qozonişga imkoniyatlarini yomonlaştirişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, uşbu surat 2001 yilda olingan. Öşanda bölğusi boş vazir Vankuverda xususiy öqituvçi bölib işlagan va “Arab tuni” deb nomlangan keçada iştirok etgan. Öşanda aksariyat iştirokçilar, jumladan Tryudo keçaga arabça uslubdagi kiyimlarda taşrif buyurişgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Kanada boş vazirining uşbu suratini irqiy deb topişgan.
“Men konservator emasman, biroq Jastin Tryudoning “blekfeys” (oq tanli odamlarning hajviy maqsadda yuzini qoraga böyaşi) bilan tuşgan navbatdagi surati paydo bölganda, qanday qilib u bu işi uçun partiyasi yoki tarafdorlari tomonidan javobgarlikka tortilmaganini heç tuşuna olmayman”, deb ta'kidlab ötgan foydalanuvçilardan biri.
Bundan avval ham Tryudoning yuzini qora rangga böyagan holda aks etgan videosi internetda tarqalgandi va uning ommaviy tanqid qilinişiga olib kelgandi. Öşanda u surat uçun uzr söragan. Biroq Tryudo yaqinda bölgan surati böyiça hozirça heç qanday izoh bermagan.

















