Kuz mavsumi boşlanib, iqlim salqinlaşgan sari aholi orasida gripp va ÖRVIga çaliniş ehtimoli oşib boradi. Milliy emlaş kalendariga asosan, grippga qarşi emlaniş jarayonlari sentabr-oktabr oylaridan boşlanib, mart oyigaça davom etadi.
Koronavirus pandemiyasi şaroitida bu kabi kasalliklardan himoyalaniş, ayniqsa, muhim hisoblanadi. SSV Matbuot xizmati şularni inobatga olib, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bölim boşliği Rustam Ikromovga gripp va unga qarşi emlaniş jarayonlari haqidagi savollar bilan murojaat qildi.
— Grippga qarşi emlaniş kasallikdan qançalik himoya qila oladi?
— Gripp öz vaqtida samarali davolanmasa, organizmda asoratlar qoldirişi mumkin. Heç qaysi vaksina kasallikdan butkul himoya qila olmaydi. Vaksina olganlar grippga 100 foiz çalinmaydi, deb heç kim kafolat bermaydi.
Ammo grippga qarşi vaksina yöriqnomasida 98 foiz himoya qilişi körsatilgan. Şu sababli har yili minglab yurtdoşlarimiz bu vaksinalarni qabul qilmoqda.
— Yurtimizda grippga qarşi vaksinalarning qanday turlaridan foydalanilmoqda?
— Çetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli muassasasi tomonidan tekşirilib, amaliyotga joriy qilişga ruxsat beriladi.
Yurtimizga turli davlatlarda işlab çiqilgan vaksinalar olib kelinadi. Samaradorligi eng yuqori bölgan vaksinalar Niderlandiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi tomonidan işlab çiqariladi.
Grippga qarşi vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro öz xohişiga köra turli davlatlarda işlab çiqilgan vaksinadan birini tanlaşi mumkin.
— Vaksinaning ta'sir kuçi qançaga yetadi?
— Hamma vaksinalar kabi mavsumiy grippga qarşi vaksina ham organizmda 15 kun içida mikroblarga qarşi immunitet işlab çiqadi. Ta'sir kuçi 1 yilga yetadi.
— Bilamizki, hozirda koronavirusga qarşi vaksina olişga qarşi körsatmalari bölgan fuqarolar emlaş jarayonlariga jalb etilmayapti. Grippga qarşi vaksina olişda ham şunday çeklovlar bormi?
— Emlaşdan oldin şifokor tomonidan albatta emlanuvçi şaxsning umumiy salomatligi tekşirilib, şunga köra vaksinatsiya qiliş-qilmaslik belgilanadi. Ya'ni emlanadigan kişi şamollaş, nafas oliş yöllari yalliğlanişi kabi kasalliklardan tamoman soğlom bölişi kerak.

















