Uşbu hafta örtasida köhna qit'ada yevrokubok uçraşuvlari ötkaziladi. Jumladan, bugun – 28 sentabr seşanba oqşomida muxlislarni Çempionlar ligasi 2-tur öyinlari kutmoqda. Dastlabki kungi bahslarda yulduzli «PSJ»ning «Mançester Siti»ga qarşi töqnaşuvi, «Milan» - «Atletiko» hamda Jasur Yaxşiboyevning «Real»ga qarşi «Santyago Bernabeu»dagi öyini barçaning diqqat markazida böladi.

«Millionerlar jangi»

Turning markaziy qarama-qarşiligi Parijda ötadi. Pep Gvardiola va Messining yöllari töqnaş keladi. Uşbu öyin qaydnomasidan örin olgan argentinalik forvard «Siti»ga qarşi bahsda Neymar va Mbappe bilan trio hosil qilişi kutilmoqda. «Mançester Siti» ötgan mavsumda Çempionlar ligasi yarimfinalida «PSJ»ni turnirdan çiqarib yuborgan edi. Şunday ekan, qatarlik va amirlik şayxlarga tegişli klublar örtasidagi bahsda Parij klubi revanş oliş imkoniyatiga ega.

Mezbonlar ustozi Poçettino «Siti»ga qarşi Serxio Ramos va Anxel Di Mariyani maydonga tuşira olmasa, Gvardiolada ham yöqotiş bor – Gundöğan va Zinçenko jarohat sababli Parijga bormagan.

7 yil ötib «San-Siro»da YeÇL madhiyasi yangraydi

«Milan» klubi 7 yillik tanaffusdan keyin «San-Siro»da YeÇL madhiyasi ostida maydonga tuşadi. E'tiborlisi, milanliklar bu turnirdagi sönggi uçraşuvni öz stadionlarida 2014 yilning fevralida «Atletiko»ga qarşi ötkazişgandi. Öşanda Kaka, Mario Balotelli, Odil Taarabt va Maykl Essen yetakçiligidagi «rossonerlar» «hindular»ga yutqazişgan. 7 yillik tanaffusdan söng Stefono Pioli şogirdlari öşa mağlubiyat uçun öç oliş imkoniyatiga egalar.

Milandagi öyinda Saviç madridliklarga yordam bera olmasa, mezbonlarga jamoaning asosiy yulduzi Zlatan Ibrahimoviç yordam bera olmaydi. Şved forvardi jarohatidan tiklanişga ulgurmagan.

Jasur Yaxşiboyev va «Şerif» «Real»ga qarşi

Moldovaning «Şerif» klubi Madridga guruh peşqadami sifatida taşrif buyurdi. «D» guruhi 1-turida «Şerif» «Şaxtyor»dan ustun kelgan bölsa, «Real» Italiyada «Inter»ni mağlub etgandi. «Şerif» bu turda Madridda ham sensatsiya qayd etib, Ispaniyadagi tarixiy oçkosini qölga kirita oladimi?