Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalarida (OHTM) xorijiy harbiy kadrlar bilan işlaş bölimlari taşkil etiladi. OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlaş va öqitiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda ta'lim beriş tartibi va uni moliyalaştiriş, şuningdek ta'lim oliş davomida xorijiy harbiy kadrlarning huquq va majburiyatlari belgilangan.

OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining ta'lim olişi xorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi bilan kelişilgan holda taşkil etiladi. U belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro şartnomalarga muvofiq beğaraz, imtiyozli hamda tölov asosida OHTMning kursantlari, tinglovçilari va doktorantlari uçun amalga oşiriladi.

OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uçun yillik qabul kvotalari Prezident tomonidan belgilanadi. Xorijiy harbiy kadrlarga ta'lim beriş oliy harbiy ta'limning bakalavriat dasturi böyiça kursantlar umumiy çeklangan ştat birliklaridan taşqari ajratiladigan qöşimça kvotalar doirasida, magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi böyiça OHTMga ajratilgan kvotalardan taşqari qöşimça kvotalar doirasida amalga oşiriladi.

OHTMga xorijiy harbiy kadrlar kiriş imtihonlarisiz öqişga qabul qilinadi. Ta'lim beriş oliy harbiy ta'limning ta'lim dasturlari böyiça özbek va rus tilida kunduzgi ta'lim şaklida amalga oşiriladi.

Xorijiy harbiy kadrlarga ta'lim beriş quyidagiça amalga oşiriladi:

  • oliy harbiy ta'limning bakalavriat dasturi böyiça;
  • oliy harbiy ta'lim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy ta'limning magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura dasturi böyiça;
  • magistratura oliy harbiy ta'lim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy ta'limning operativ-strategik darajasi dasturi böyiça;
  • oliy ta'limdan keyingi ta'lim darajasiga muvofiq keluvçi doktorantura dasturi böyiça;
  • tayyorgarlik kurslarining yakka ta'lim va fakultativ dasturlari asosida;
  • qöşimça kasbiy dasturlar böyiça.

 
Quyidagilarni tugatgan xorijiy harbiy kadrlarga:

  • talab etilgan hajmdagi ta'lim dasturlarini özlaştirgan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki «leytenant» harbiy unvoni, mutaxassisligi böyiça toifa beriladi, belgilangan namunadagi diplom va kökrak nişoni taqdim etiladi;