Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov Toşkentda ötkazilayotgan Özbekiston iqtisodiy forumida xususiylaştiriş jarayonlariga töxtalib ötdi.

«2017-2020 yillar davomida Özbekistonda xususiylaştiriş jarayonlari uçun şaroit yaratildi. Dastlabki davrlarda xususiylaştirişni kiçik köçmas mulk obektlarini sotişdan boşladik. Odamlarda bu jarayonga nisbatan işonç hosil bölişi uçun uşbu holat juda muhim edi. Bugungi kunga kelib 250 mln dollarlik mulklar ham xususiylaştirila boşlandi. Bu jarayondan ikkita maqsad közlangan: foyda oliş va yuqori samaradorlikka erişiş. Ikkinçisi biz uçun juda muhim, aslida.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida (NKMK) ham IPO ötkaziladi va bir qismi xususiylaştiriladi. Kombinatda uran va oltin qazib olingani bois xususiylaştiriş töliq şaklda amalga oşirilmaydi. Kombinatning 10-15 foiz uluşi IPÖda sotiladi.

Bir narsani aytişim kerak, biz xususiylaştirişga emas, xususiylaştiriş jarayoniga tayyorlaşga şoşilyapmiz. Tezkorlik bilan xususiylaştiriş yaxşi samara bermaydi, narxlari ham arzon sotiladi.

Xususiylaştiriş jarayonlarini 3 bosqiçda amalga oşirişni reja qilyapmiz: dastlab korxona yoki bank xalqaro moliya hujjatlariga ötadi, keyin investitsiya reytingi oşadi va yevrobondlar çiqarişi kerak. Şundan söng xususiylaştiriladi. Masalan, GM’ni oladigan bölsak, 300 mln dollar miqdorida yevroobligatsiyalarini joylaştirdi. Kompaniyaning yangi tarixi 2019 yildan boşlandi, ungaça muammolari köp edi, soliq ham tölamagan. Avval transformatsiya jarayonlarini bajaramiz, söng kompaniyani IPÖga çiqarişimiz mumkin.

Davlat banklariga töxtaladigan bölsak, 10 tadan 7 tasida investitsiya reytingi bor va ularning aksariyati yevrobondlar çiqarişdi. Xususiylaştiriş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi», – deya ta'kidladi Qöçqorov.