DXX matbuot xizmati xabariga köra, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça xodimlari hamda Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Özbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy ötgan Afğoniston fuqarosi qölga olingan. Tekşiruv davomida uşbu şaxsning yonidan 9 kg 84 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Surxondaryoda kuzatilgan yana bir holatda viloyatning Uzun tumani hamda Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida istiqomat qiluvçi uç nafar şaxs 6 kg 80 gr gaşiş moddasini 30 ming dollarga sotayotgan vaqtlarida qölga olingan.
DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB, viloyat bojxona boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent – Samarqand yönalişida harakatlanib kelayotgan “Kia Bongo” rusumli avtomaşina Samarqand viloyatining “Yuqori nuqta” YPX maskanida töxtatilib közdan köçirilganda unda ketayotgan samarqandlik ikki nafar şaxsga tegişli 5 kg 953 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
DXXning Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari xodimlari hamda Toşkent bojxona boşqarmasi vakillari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Jizzax – Toşkent yönalişida harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” rusumli avtomaşina Toşkent şahriga kiruvçi “Erkin” YPX maskanida töxtatilib közdan keçirilganda yölovçilardan biri – Baxmal tumanida yaşovçi 37 yaşar erkakning yonida 2 kg 818 gr opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Davlat bojxona qömitasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yakkasaroy tumanida yaşovçi 1976 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomaşinada 80 gr gaşiş giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Suriştiruv harakatlari davomida u mazkur moddani 1975 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan tanişidan sotib olgani ma'lum bölgan hamda tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu şaxs ham qölga olingan. Uning “Captiva” rusumli maşinasi közdan keçirilganda, avtomobil salonida 5 kg 219 gr gaşiş moddasi borligi aniqlangan.
Yana bir holatda ham qariyb 2 kg gaşiş moddasini kelgusida sotiş maqsadida Qöqon şahriga olib ketayotgan Toşkent viloyatining Bekobod şahrida yaşovçi 35 yaşar fuqaro DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olingan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida musodara qilingan jami 17 kg 855 gr opiy va 13 kg 379 gr gaşiş giyohvand moddalarining aksariyati Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib ötilgani aniqlangan. Qayd

















