Özgartişlarga köra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytirildi.
Bunday harakatlar: bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça jarima (ilgari faqat 50 baravarigaça); 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş (ilgari 1 yilgaça); 1 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi (ilgari 1 yilgaça).
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, içki işlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uçun ham javobgarlik çoralari kuçaytirilib, jarima miqdorlari oşirildi.
Avvalroq, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Qodir Jörayev uşbu qonun loyihasi yuzasidan öz xavotirlarini bildirgan edi.

















