7 oktabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Mulla Abdul Kabir boşçiligidagi Afğoniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda Afğoniston boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari A.Hanafiy, transport va fuqaro aviatsiyasi, umumiy işlar, energetika va suv resurslari vazirlari ham iştirok etdi.
Taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan alohida muzokaralar olib borildi.
Tomonlar mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afğoniston xalqiga gumanitar va boşqa turdagi yordam körsatiş böyiça sa'y-harakatlar, şuningdek, mamlakatda energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Afğoniston muvaqqat hukumati a'zolari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga afğon xalqining orzu-intilişlariga qaratayotgan ulkan e'tibori, oziq-ovqat inqirozining oldini olişda körsatgan yordami uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Afğoniston tomoni Özbekiston prezidentining Afğoniston yangi hokimiyati bilan konstruktiv va özaro maqbul muloqot örnatişga qaratilgan siyosatini, şuningdek, xalqaro hamjamiyatga Afğonistonning xorijdagi muzlatilgan aktivlariga nisbatan qöyilgan çeklovni olib taşlaş çorlovini yuqori baholadi.
Afğoniston delegatsiyasi a'zolari Özbekiston hukumatiga Mozori Şarif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklaş, Özbekiston – Afğoniston çegarasining uzluksiz işlaşi, u orqali mamlakatga doimiy ravişda oziq-ovqat va boşqa turdagi birlamçi tovarlar yetkazib berişdagi körsatilayotgan yordam uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar yaqin orada Termiz şahrida savdo-iqtisodiy masalalarini, jumladan, «Surxon – Puli-Humri» elektr uzatiş tarmoqlari va «Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» yönalişi böylab temir yöl quriş loyihalarini amalga oşiriş masalalarini muhokama qiliş uçun qöşma muzokaralar ötkaziş töğrisida kelişib oldi.

«Afğoniston tomoni uşbu loyihalarni amalga oşirişga jalb qilingan özbekistonlik mutaxassislarning xavfsizligini ta'minlaşga tayyorligini ma'lum qildi.
Birodar Özbekiston xavfsizligiga Afğoniston hududidan heç qanday tahdid bölmasligi rasmiy Kobul tomonidan qat'iy bildirildi», deyiladi TIV matbuot xizmati

















