Samarqand şahridagi aeroport 1 oy muddatga yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgaça yangi aerodrom majmuasini işga tuşirişga tayyorgarlik köriş munosabati bilan vaqtinça yopiladi.
Qayd etilişiça, Samarqand xalqaro aeroportiga keladigan aviaqatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarşi xalqaro aeroportlariga yönaltiriladi. Yölovçilar uşbu şaharlardan Samarqandga boşqa transport vositalarida yetkazib qöyiladi.
Ta’kidlanişiça, ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportida uzunligi 3 105 metr va kengligi 60 metr bölgan yangi uçiş-qöniş yölagining qurilişi töliq yakunlangan. Bir oy içida harakatlaniş yöllarini yangi uçiş-qöniş yölagi va perron bilan boğlaş böyiça işlar bajariladi.
Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminal işga tuşgaç, yiliga 1,5 million yölovçiga xizmat qiliş imkoniga ega bölişi xabar qilingandi.
Yaqinda Andijon xalqaro aeroporti direktori bölib işlagan Saydullo Töxtasinov Samarqand xalqaro aeroportiga direktor etib tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2022 yilda Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti Samarqand şahrida ötkazilişi belgilangan.

















