Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

“Respublika miqyosida mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarini oila muhitida tarbiyalaşga beriş körsatkiçlari köpaymoqda. Bu, albatta, juda yaxşi jarayon. Sönggi ikki oyda mehribonlik uylarini tark etgan 583 nafar bolaning qariyb 40 foizi yangi taşkil etilayotgan oilaviy bolalar uylariga yönaltirilgan. Masalan, Navoiy va Namangan şaharlarida yetimxonada bola qolgani yöq. Birorta bola qolmadi. Boşqa hududlarda ham mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar soni keskin kamaymoqda.

Lekin bizni boşqa bir masala öylantiryapti: Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilalarga beriş tartibi qanday bölişi kerak? Bu bolalarni tarbiyaga olayotgan ota-onalar qaramoğidagi şaxslarning ta'limi, tarbiyasi, davolanişi öz vaqtida bölişi uçun kafolat bera oladimi? Oilalarda voyaga yetayotgan yetim bolalar mehnat könikmalariga ega bölişadimi, oçiği, buni aniq bilmaymiz. Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bilan ham şu haqda maslahatlaşdik.

Ayni paytda mehribonlik uylarida saqlanayotgan bolalarni oilaga tarbiyaga oliş eski tartib asosida amalga oşirilmoqda. Kundan kunga yetim bolalar tarbiyalanayotgan oilaviy uylar köpayib borayotganini hisobga olgan holda ularning faoliyatini yangidan tartibga solişimiz kerak. Oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalarni moliyalaştiriş qanday böladi, bu oilaga oziq-ovqat yetkazib beriladimi yoki ota-onaga uşbu xarajatlar uçun kompensatsiya sifatida pul beriladimi, mana şu tartib-qoidalarni işlab çiqişimiz kerak”, – deya Behzod Musayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş vazir örinbosarining ta'kidlaşiça, 2021 yilning avgustida Özbekistondagi turli muassasalarda 1990 nafar yetim bola tarbiyalanayotgan edi. Hozirga kelib respublika böyiça 16 ta mehribonlik uylarida 1119 nafar, 4 ta bolalar şaharçasida 101 nafar, 3 ta “SOS” bolalar mahallasida 205 nafar, jami 1425 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Behzod Musayevga köra, avgustdan buyon mehribonlik uylarini tark etgan 583 nafar bolaning 88 nafari asrab olingan, 223 nafari oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilgan, qolganlari esa oliy ta'lim muassasasiga öqişga kirgan.

Eslatib ötamiz, “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni tarbiyalaşning tubdan yangilangan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi, “Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlarga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning muammolarini örganiş va hal etiş, orzu-istaklarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş maqsadida yangi tizim yaratilgan, xususan, yetimlarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarni rağbatlantiriş