Ijtimoiy tarmoqlarda Iştixon tumanida koronavirusga qarşi kuraşgan tibbiyot xodimlariga 275 million sömlik ustamalar tölab berilmagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi axborot xizmati xabar böyiça munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi mutaxassislari tomonidan Iştixon tumanida koronavirusga qarşi kuraşgan tibbiyot xodimlariga 275 million sömlik ustamalar tölab berilmagani aytilgan xabarlar yuzasidan örganiş işlari olib borilgan.

Iştixon tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimida Iştixon tuman Moliya bölimi tomonidan 2021 yil 14 iyulda çiqarilgan №57-sonli buyruqqa asosan moliyaviy örganiş işlari olib borilgan. Unga köra, 2021 yil aprel, may oylarida koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boşqa xodimlariga nisbatan qöşimça kunlik 6 foizlik ustama tölovlari moliyalaştirilmagani aniqlangan.

Qayd etilişiça, uşbu mablağlar tölovi 2021 yil 27 iyulda barça tibbiyot va boşqa işçi xodimlarga nisbatan amalga oşirilgan. «Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boşqa xodimlariga nisbatan qöşimça kunlik 6 foizlik ustama tölovlari öz vaqtida moliyalaştirilmoqda», deyiladi xabarda.