2020 yil yakunlariga köra, butun respublika böyiça havoni ifloslantiruvçi statsionar manbalardan atmosferaga çiqarilgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani taşkil etgan. Bu haqda Statistika qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hududlar kesimida uşbu körsatkiç tahlil qilinganda, eng yuqori uluş Toşkent (46,5 foiz) va Qaşqadaryo viloyatlari (13,9 foiz) hissasiga töğri kelgan.

Eng kam uluş esa Jizzax (0,4 foiz), Surxondaryo (0,7 foiz) hamda Xorazm viloyatlarida (0,7foiz) qayd etilgan.

Avvalroq, Özbekiston hududida atrof-muhit ifloslantirilgani va çiqindilar joylaştirilgani uçun kompensatsiya tölovlarini qöllaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlangandi. Nizomga köra, kompensatsiya miqdori köpaytirilgan va imtiyozli turlarga bölinadi. Ya'ni sanoat korxonalariga atmosferaga çiqarilayotgan çang va gazlarni uşlab qoluvçi uskunalar joylaştirilgan bölsa, tölov miqdori kamaytiriladi, aks holda oşiriladi. Agar barça çora-tadbirlar bajarilsa, 2030 yilgaça atmosferaga zararli moddalar çiqarilişi 10 foizga kamayişi közda tutilgan.