2021 yil 20 sentyabr kuni şoir Yölçi Röziyev fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga xonanda Yulduz Usmonovaga nisbatan “Xasta bölma” qöşiğining şe'r muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilişiga çek qöyiş, mualliflik huquqlari buzilgani uçun tovon puli va ma'naviy zarar undiriş haqidagi da'vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Toşkent şahar sudi matbuot xizmatining xabar berişiça, 29 oktabr kuni iş sudda körilib, qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Yulduz Usmonovadan da'vogar Yölçi Röziyev foydasiga 50 mln söm ma'naviy zarar uçun kompensatsiya va mualliflik huquqini buzgani oqibatida yetkazilgan zarar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari (135 mln söm), jami 185 mln söm miqdorida tovon puli undiriş belgilangan.
Sudda taraflardan nizoni özaro kelişib, hal qiliş uçun muddat berilgan. Ammo sud yakuniga qadar kelişuvga erişilmagan.
Fuqarolik protsessual kodeksi talabiga muvofiq, Yulduz Usmonova ixtiyorida hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida şikoyat kiritiş uçun 1 oy muddat mavjud.

















