Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlaş, «Yangi Özbekiston» mavzelarini barpo etiş hamda şaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxşilaş maqsadida «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda «Yangi Özbekiston massivlari»ni barpo etiş uçun kelgusi yilda 15 trillion söm ajratilişi zarurligi aytildi. Bunda:
- köp qavatli uy-joy qurilişini investorlar öz mablağlari hisobidan amalga oşiradi;
- davlat yer ajratiş va aholiga ipoteka kreditini beriş majburiyatini oladi;
- ipoteka kreditini beriş uçun banklarga budjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trillion söm yönaltiriladi;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;
- 2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boşlanğiç badal va foizlarni subsidiyalaş uçun budjetdan 1,5 trillion söm ajratiladi.
«Yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada uşlab qoliş zarur. Aytiş joizki, bugungi kunda uylarning bir kvadrat metri uçun narx 4,5 million sömni taşkil etmoqda.
Şu bois, uylar narxini barqaror saqlab turiş maqsadida yangi uy-joy massivlarini içki va taşqi infratuzilma bilan ta’minlaşga budjetdan har yili 1 trillion söm ajratiladi.
Tadbirkorlik jamğarmasi tomonidan quruvçilarga Markaziy bank stavkasidan oşgan qismi 24 oy davomida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uçun budjetdan 1 trillion söm yönaltiriladi.
Şuningdek, kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolğiz ayollar uçun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Buning uçun 220 milliard söm mablağ quriliş taşkilotlariga oldindan ötkazib beriladi», deya prezidentning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Bundan taşqari, sement importi uçun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytirilişi ma’lum qilindi.
«Şu bilan birga, bugun sement işlab çiqaruvçilarga foyda soliği 20 foizdan 15 foizgaça, yer qa’ridan foydalanganlik soliği esa 2 baravarga (1 tonnasi uçun 22,5 ming sömgaça) kamaytiriladi.
Bu esa 1 tonna sementning işlab çiqariş tannarxini 7 foizga qisqartiriş

















