Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma'lum qilişiça, Marğilon şahar prokuraturasi tomonidan şahar xalq ta'limi bölimi mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilişiça, tergov davomida Marğilon şahar xalq ta'limi bölimi sobiq boşliği quriliş-ta'mirlaş işlari davomida jami 1,7 milliard söm miqdordagi mablağlarini talon-toroj qilganligi va davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Şu sababli, mansabdor şaxs 2021 yil 1 noyabr kuni gumonlanuvçi tariqasida protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farğona politexnika instituti mansabdor şaxslari budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.















