Qayd etilişiça, 2005 yildan kuçga kirgan «Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonundan hanuzgaça bexabarlar köp. 

“Aksariyat kişilar şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağni nafaqaga çiqqanida har oy oladigan pensiya puli bilan adaştirdi.

Bu haqida ma'lumotga ega bölganlar esa hisobvarağiga qança mablağ yiğilganini biliş uçun bankka tez-tez qatnab turadi.

Axir, bu nafaqaga çiqqanda yillar davomida töplanib turgan mablağni (har oylik pensiyadan taşqari) bir marotaba ulgurji yoki bölib-bölib oliş imkoniyati-ku”, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilişiça, my.gov.uz manzilida nafaqat şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraği holati haqida ma'lumotga ega böliş, balki tegişli ma'lumotnomani tez va oson yuklab oliş imkoniyati ham bor.

Ma'lumot uçun, muammo va xatoliklar yuzasidan Xalq bankining (71) 210-20-02 yoki 1106 işonç raqamlariga murojaat qiliş mumkin.