4 noyabr kuni keçqurun Toşkentda ğayrioddiy çang-qumli tuman tuşişi hodisasi kuzatildi. “Özgidromet”ga köra, sönggi 150 yil içida bu kabi çangning bir neça kun davomida havoda saqlanib qolişi kuzatilmagan va bu mutlaqo kutilmagan holatdir.
Gidrometeorologiya xizmati mutaxassisi Erkin Abdulahatovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hozirda ham Toşkent havosida çang zarralari kam miqdorda saqlanib turibdi. Bu moddalar öpka bilan boğliq kasalligi bor insonlar uçun zararli bölişi mumkin.

Ayni paytda atmosferadagi holat qanday?
10 noyabr holatiga havoda mavjud mayda dispers çang zarraçalari örganilganda, ular soğlom inson salomatligiga jiddiy ta'sir körsatmasligi aniqlandi. Çunki ayni paytda Toşkent havosidagi çang miqdori bir metr kub havo tarkibida 160 mikrogram(mkg)dan kam. Ya'ni 90-100 mkg/m³. Bu yuqori xavfni anglatmaydi.
Havoda mayda dispers zarraçalari ikki xil kattalikda böladi. 2,5 va 10 mikrondan kiçik çang zarraçalari. Masalan, bir metr kub havo tarkibida 30 mkg/m³ miqdordagi 2,5 mikron zarraçalar gigiyenik me'yor hisoblanadi. 2,5 mikron zarraça soç tolasidan 40 barobar mayda zarraçadir. Ular niqob yoki boşqa xalqona himoya vositalardan (doka yoki boşqa matolar) ham kiradi va öpkaga bora oladi. Şuning uçun allergik bronxit, öpka bilan boğliq kasalligi bor bemorlar hozirgi havodan nafas olsa, çang zarralari kasallik qözğatuvçi ta'sir körsatişi mumkin”, deydi mutaxassis.
Özbekiston iqlimi quruqlaşib boryapti
Erkin Abdulahatovning aytişiça, örganişlar oxirgi 10 yil içida Özbekiston iqlimida keskin özgarişlar kuzatilayotganini körsatmoqda. Mamlakatda avvallari yil davomida örtaça hisobda 80 kun sovuq havo oqimlari kirib kelgan bölsa, hozir bu körsatgiç teng ikki barobarga kamayib, örtaça hisobda 35-40 kunga kamaydi.
Yoz oylarida havoni biroz mö'tadillaştiradigan sovuq oqimlar oxirgi yillar respublikaga umuman kirib kelmayapti. Bu havo va tuproqda quruqlaşişni kuçaytiradi. Bu dunyoda bölayotgan iqlim özgarişi mintaqamizga jiddiy ta'sir qilayotganini anglatadi.
“Respublikada qiş oylari ham qor kam yoğyapti, yoz esa issiq bölib ketmoqda. Bularning hammasi global iqlim özgarişining bizning mamlakatga ta'siri bilan boğliq”,
















