Özbekistonda koronavirusga qarşi emlanişi kerak bölgan qatlamning 70 foizi birinçi doza vaksinalarini oldi. Bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

10 noyabr holatiga köra, respublikada 326 980 doza COVID-19ga qarşi vaksina qöllanildi. Ulardan:
- 1-bosqiç emlanganlar 187 647 nafarni,
- 2-bosqiç emlanganlar 81 759 nafarni,
- 3-bosqiç emlanganlar 57 574 nafarni taşkil qildi.
Özbekistonda emlaş tadbirlari doirasida umumiy qiymati qariyb 180 million dollarlik 6 turdagi 39 million doza vaksina işlab çiqarildi yoki import qilindi.
Şu kunga qadar 15 million fuqaro emlandi (rejaning 70,0 foizi), ularga 28,8 million doza vaksinalar berildi.
Koronavirusga qarşi vaksina olganlar soni vaksinalar kesimida:
- ZF-UZ-VAC 2001 - 22 million doza;
- Moderna - 2,9 million doza;
- AstraZeneca - 1,5 million doza;
- Pfizer-BioNTech - 1,3 million doza;
- Sinovac - 546,4 ming doza;
- Sputnik V - 531,9 ming dozani taşkil qiladi.
Emlaş körsatkiçlari böyiça eng yuqori örinlarni:
– Farğona viloyati (3 113 960 doza),
– Namangan viloyati (3 031 025 doza),
– Andijon viloyati (2 945 345 doza) band qilgan.
Şu kunga qadar respublika böylab 371 028 nafar talaba koronavirusga qarşi vaksina olgan. Hududlar kesimida Toşkent şahri yetakçilik qilayotgan bölsa, eng kam emlangan talabalar soni Andijon viloyatida qayd etilgan.
Özbekistonda talabalarning 65 foizi vaksina oldi, qaysi hududlar yetakçi?
















