Özbekiston Mozori Şarif xalqaro aeroportini tiklaş işlarini olib boradi. Bu haqda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev ma'lum qildi.
Mozori Şarifga 30 nafar texnik mutaxassislardan iborat guruh jönatilgan, ular obektni qayta tiklaş işlarini amalga oşiradi.
Balx viloyati gubernatori Qudratulloh Abu Hamzaning sözlariga köra, tomonlar transafğon temir yöli loyihasi, elektr energiyasi yetkazib beriş uçun kredit taqdim etiş masalalarini ham muhokama qilgan.

Afğoniston aviatsiya va transport vaziri örinbosari Hasibulla Suroşning sözlariga qaraganda, özbekistonlik mutaxassislar bilan barça aviatsiya texnikasi, dispetçerlar minorasi, öt öçiriş punkti, yoruğlik tizimlari işini taşkil etişga kelişib olindi.
Bundan taşqari, 83 nafar aeroport xodimi malaka oşiriş uçun Özbekistonga keladi.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Istanbulda bölib ötgan Turkiy kengaş sammitidagi nutqida Afğoniston masalasiga yana bir bor töxtalgandi.

















