IHeS beş jabrlanuvçining ikkita şikoyatini birlaştirdi. Birinçisi 2016 yilda Özbekiston fuqarolari G.N. va B.Q., qozoğistonlik F.M. va A.M. nomidan, ikkinçi ariza 2018 yilda şu davlat fuqarosi N.I. tomonidan yuborilgan. 

Sudda ayollar manfaatlarini «Memorial» inson huquqlari markazi advokatlari himoya qiladi, ular «Fuqarolik yordami» qömitasi bilan hamkorlikda ekani aytilgan. Sud Rossiyaga iş böyiça savollar yuboradi, deya ma'lum qildi qömita. 

«IHeS javobgarga - bu yerda javobgar Rossiya - inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining ehtimoliy buzilişlari haqida savollar yuboradi. Javobgar sud majlisiga yöl qöymaslik uçun arizaçilar bilan kelişuv bitimi tuzişi mumkin. Qanday holat bölmasin, işni körib çiqişning faol bosqiçi boşlanmoqda», deya tuşuntirdi huquqşunos Ivan Novikov. 

Muhojirlar qullikda saqlangan oziq-ovqat dökonlari Golyanovodagi Uralskaya, Parkovaya va Novosibirskaya köçalarida joylaşgan. Dökon egalari - er-xotin va ularning qarindoşlari. 

«Fuqarolik yordami» qömitasi xabariga köra, tadbirkorlar ayollardan hujjatlarni olib qöygan va Rossiyada mehnat muhojiri sifatida röyxatdan ötkazişdan boş tortgan. Şu bilan birga, jabrlanganlar heç qaçon mehnati uçun haq olmagan, ularga dökonlardan çiqib ketiş taqiqlangan, şuningdek, yertölada uxlaşga majbur qilingan. 

«Yillar davomida dökon egalari va xodimlari Özbekiston hamda Qozoğiston fuqarolarini haq tölanmaydigan mehnatga majburlagan, zörlagan, kaltaklagan va xörlagan. Agar ular işlaşdan boş torsa, huquq-tartibot idoralari tomonidan ta'qib qilinişi bilan tahdid qilingan», deb yozadi «Fuqarolik yordami». 

Qömita politsiyaçilar va tergovçilar jabrlanuvçilarning jinoiy iş qözğatiş haqidagi murojaatlarini e'tiborsiz qoldirganini qayd etdi.