Sönggi kunlarda ketma-ket ikki nafar sobiq profilaktika inspektori internet orqali içki işlar vaziriga videomurojaat yölladi.

Jumladan, Namangan şahridagi 2-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi profilaktika inspektori, katta leytenant Sardorbek Otaboyev videomurojaatida özi işlayotgan idorada sodir bölayotgan adolatsizliklar, tizimdagi korrupsiya haqida arz qilgandi.

Ayni paytda Sardorbek Otaboyev firibgarlik jinoyati sodir etganlikda gumonlanib, prokuratura tomonidan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Otaboyevning advokati: “Mijozim aybi yöqligini, videomurojaatdagi gaplariga isboti borligini aytdi”

Sardorbek Otaboyevning advokati Ahmadjon Normirzayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mijoziga nisbatan oçilgan jinoyat işi haqida quyidagilarni ma'lum qildi.

 “Himoyamdagi fuqaro Jinoyat kodeksining 168-, 209-moddalari bilan ayblanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Viloyat sudiga şikoyat bilan murojaat qilib, ehtiyot çorasini almaştirmoqçi böldik, afsuski, öz kuçida qoldi.

Uning aybi tergovda tasdiğini topsa, söng sudga oşiriladi va oxirgi nuqtani sud qöyadi. Aybsizlik prizumsiyasiga asosan, Otaboyev hali jinoyatçi emas. Iş hozir Namangan şahar prokuraturasida körilyapti.

Sardorbek Otaboyev militsiya xodimi böla turib, YouTube orqali içki işlar vazirligiga murojaat qilgan. Men uning aynan şu gumon qilinayotgan 168- va 209-modda böyiça himoyaçisiman. Murojaat böyiça Içki işlar vazirligi iş olib boradi. Men advokatman va bu sohaga içiga kirib aralaşişim mumkin emas, deb hisoblayman. Biroq Otaboyevning videomurojaat qilganidan söng qamalişi qiziq holat. Çunki u murojaat qilgan kunning ertasigayoq qamoqqa olindi”, – deydi Ahmadjon Normirzayev.

Advokatga köra, Sardorbek Otaboyev özining aybi yöqligini va buni isbotlovçi barça dalil, fakt va guvohlar borligini aytgan. Advokat himoyasidagi şaxs bilan Namangan şahar IIBning vaqtinça saqlab turiş hibsxonasida körişgani, u şaroit va soğligidan şikoyat qilmaganini aytdi.