Polşa Konstitutsion sudi Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining alohida moddalarini mamlakat konstitutsiyasiga nomuvofiq deb topdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Sud qarorida aytilişiça, Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Polşa sudi sudyalarini tayinlaşni körib çiqiş va baholaş huquqiga ega emas.

“Konvensiyaning 6-moddasi Polşa konstitutsiyasiga mos kelmaydi”, - dedi Konstitutsion tribunali raisi Yuliya Pşilebska.

“Konstitutsion sud Inson huquqlari böyiça Yevropa sudining bizning tizimni izdan çiqaruvçi qarorini rad etadi”, - deb yozdi mamlakat adliya vaziri örinbosari Sebastyan Kaleta Twitter sahifasida.

Qayd etilişiça, bu qaror Polşa va uning Yevropadagi ittifoqçilari örtasida sud islohotlari masalasida navbatdagi nizoni keltirib çiqardi.

“Polşa Konstitutsion tribunalining bugungi qarori jiddiy xavotir uyğotadi”, - dedi Yevropa kengaşi boş kotibi Mariya Peyçinoviç-Buriç.