Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi
Foto: Kun.uz
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda «omikron» tufayli joriy etilgan navbatdagi cheklov choralari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta'minlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusning «omikron» shtammi sabab 10ta davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi. Shuningdek, 11 davlatdan O‘zbekiston hududiga kirib keluvchilar 10 kun muddatga majburiy karantinga yuboriladi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026