Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda «omikron» tufayli joriy etilgan navbatdagi çeklov çoralari töğrisida ma'lumot berdi. Unga köra, ayrim xorij davlatlaridan Özbekiston hududiga kirib kelgan yölovçilar majburiy karantinga olinadi.

«Respublika maxsus komissiyasi yiğilişida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qoliş va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» ştammi kirib kelişiga yöl qöymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va çeklovlar belgilandi», deyiladi xabarda.

Jumladan, endilikda xorijiy davlatlardan Özbekiston Respublikasiga taşrif buyuruvçilar:

  • mamlakatimizga taşrif buyurişidan kamida 72 soat oldin topşirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi böyiça manfiy körsatkiçga ega ma'lumotnomaga ega bölişlari lozimligi;
  • koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi böyiça manfiy körsatkiçga ega ma'lumoti mavjud bölmaganda, aeroport, temir yöl vokzallari va çegara ötkaziş punktlarida taşkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topşirişlari şartligi belgilandi.

Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Çexiya va Misr davlatlari hududidan Özbekiston hududiga kirib keluvçi yölovçilar yuqoridagi talablar bajarilgandan söng mamlakat hududiga kirib kelgan kundan e'tiboran 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki öz hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylaştiriladi.

Bundan oldinroq Özbekiston 3 dekabrdan keyingi yil 10 yanvariga qadar qator mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni töxtatgani haqida xabar berilgandi.