Aholining kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan, alohida e'tiborga muhtoj qatlamini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida hayotga izçil tatbiq qilinayotgan “Inson qadri uçun” tamoyilining muhim yönalişidir. Bu tamoyil jamiyatimizda tobora çuqur ildiz otib, köplab xayrli taşabbuslar va sa'y-harakatlarga zamin bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ATB “Qişloq quriliş bank” bilan imzolangan kelişuv asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo va Toşkent viloyatlaridagi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvçilari uçun qariyb 1 mlrd. söm mablağ ajratdi.
Bundan közlangan maqsad alohida e'tibor va ğamxörlikka muhtoj tarbiyalanuvçilarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş, ularning kelajakdagi orzu-umidlarini röyobga çiqarişlariga kömaklaşiş hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirişdan iborat.

Mazkur mablağni tarbiyalanuvçilar örtasida taqsimlaş maqsadida, ATB “Qişloq quriliş bank” tomonidan “Yangi yoşlar” muddatli omonat turi joriy qilindi. Bank filiallari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumanidagi 1-sonli “Mehribonlik uyi”ning 14 nafar, Toşkent viloyati Böka tumanidagi 15-sonli “Mehribonlik uyi”ning 46 nafar hamda Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi 12-sonli “Mehribonlik uyi”ning 12 nafar tarbiyalanuvçilari uçun omonat daftarçalari oçildi va DXX tomonidan ajratilgan mablağlar tarbiyalanuvçilar nomiga oçilgan hisob raqamlarga joylaştirildi.

Kuni keça hududlarda DXX hududiy boşqarmalari va ATB “Qişloq quriliş bank”ning filiallari vakillari tomonidan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvçilariga omonat daftarçalari va jamğarma sertifikatlari tantanali ravişda topşirildi.
Kötarinki ruhda bölib ötgan tadbirlarda mamlakatimizda yoşlarga qilinayotgan ğamxörlik va uning mazmun-mohiyati haqida söz bordi. Şuningdek, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvçilariga “Yangi yoşlar” omonat turi va unga joylaştirilgan mablağlardan foydalaniş şartlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

















