Umid Rahmonov 2020-2021 öquv yilidan boşlab maktab olimpiadalari maktablarda sentabr, tumanlarda oktabr, viloyatlarda noyabr oylarida ötkazilayotganini aytdi.

“Respublikamizda ötkaziladigan fan olimpiadalarida şaffoflikni oşiriş, inson omilini kamaytiriş uçun harakat qilyapmiz. Tuman va viloyat bosqiçidagi olimpiadalarda respublikadagi barça öquvçilar uçun bir xil test topşiriqlari beriladi. Departamentimiz tomonidan bu savollarning maxfiyligi inobatga olingan.

Öquvçilar savollarga javob yozişgaç, tekşirişdan avval ularning işlari tasvirga olinib har bir hududning telegram kanaliga joylanadi. Şundan söng savollarning javoblari ham kanalga yuboriladi. Bu orqali istagan şaxs töğridan töğri iştirokçilarning javoblarini biliş imkoniyatiga ega böladi. Şu tizim yölga qöyilgan olimpiadalarda yuz berayotgan nohaqliklar yoki tuşunmovçiliklar yuzasidan keladigan murojaatlar soni keskin kamaydi”, — deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Umid Rahmonovning ta'kidlaşiça, bu tizim butun respublika böylab olimpiadada iştirok etayotgan öquvçilarning bilim darajasini baholaş uçun ham imkoniyat yaratadi.

“Muammo qayerda edi? Olimpiadalarda hakamlar tomonidan sun'iy ravişda baholarni oşiriş, öz öquvçisiga yon bosiş holatlari kuzatildi. Şunday vaziyat aniqlanib hakamlikda iştirok etgan öqituvçi bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş holatlari ham uçradi. Yangi tizim böyiça esa barça iştirokçi öquvçilar öz ballarini tahlil qiliş bilan birga, boşqa raqiblarining natijalarini ham köra oladi va heç qanday e'tirozga örin qolmaydi”, — dedi departament direktori.

Ma'lumot uçun, bu yilgi mahalliy fan olimpiadalarida 1,1 mln nafar 9-, 10-, 11-sinf öquvçilari iştirok etgan va respublika bosqiçida ularning 46 nafari ğolib böldi.

Mahalliy fan olimpiadalarining viloyat va respublika bosqiçida ğolib bölgan 9–11 sinf öquvçilarini rağbatlantiriş uçun moliyaviy mablağlar ajratiş yölga qöyildi. Ular 1-öringa bazaviy hisoblaş miqdorining 6 baravari miqdorida, 2-öringa 4 baravari, 3-öringa 3 baravari miqdorida rağbatlantiriladi.