Yevropaning inson huquqlari böyiça sudi Polşa hududiga Belarusdan ötgan migrantlar ortga qaytarilmasligi kerakligi haqida qaror çiqardi. Bu haqda sudga tayanib RIA “Novosti” xabar berdi.
Sud 2021 yil avgustdan beri Polşa va Belarus çegarasidagi migratsiya inqirozi doirasida qöllangan çoralar böyiça 198 kişi topşirgan 47 ta arznomani körib çiqqan. Ularning aksariyati Polşaga, yana uçtasi Latviya va Litvaga qarşi berilgan.
Yevropa sudida ta'kidlanişiça, şikoyatçilarning aksariyati Polşada qolayotganlarini ta'kidlaşgan va Belarusga qaytarilmasliklarini söraşgan. Migrantlar Belarusga yoki öz vatanlariga qaytarilsalar, hayotlari xavf ostida qolişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda.
“Sud 39-qoidani qöllab, şikoyatçilar haqiqatan ham Polşa hududida qolayotgan bölsalar, unda Polşadan çiqarib yuborilmasliklari kerakligi haqida qaror çiqardi”, deb ta'kidlab ötilgan sudda.
Varşava öz hududiga Belarusdan ötgan migrantlarni qabul qilişga qarşi çiqmoqda. Aksariyati Yaqin Şarq davlatlaridan bölgan migrantlarning köpçiligi ham Polşada qolişni istamayotganlari, ular Germaniya yoki Yevropa ittifoqining boşqa davlatlariga intilayotganlarini aytişmoqda. Biroq 2013 yilda qabul qilingan Dublin reglamentiga köra, Yevropa ittifoqi hududiga ötgan migrantlar ittifoqning qaysi davlati çegarasini birinçi kesib ötgan bölsa, öşa davlatdangina boşpana söray oladi.

















