Soğliqni saqlaş vazirligining “Tibbiyot quriliş injiniring” davlat unitar korxonasi buyurtmasiga binoan Toşkent şahrida 140 örinli Perinatal markaz va 160 örinli Ona va bola markazi qurilişining ikkinçi bosqiçi bajarilmoqda.
Telegram'dagi davletovuz kanalining e’tibor qaratişiça, 2021 yil uçun tasdiqlangan manzilli dasturga köra, bu ikkita obektning bahosi 189,5 mlrd sömni taşkil qiladi. Obektlar tendersiz, hukumat hujjati bilan taqdim qilingan.
Ma’lumot uçun, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunning 59-moddasiga köra, tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) qiymati bir şartnoma böyiça BHM (bazaviy hisoblaş miqdori)ning 25 ming baravari – 6 mlrd 750 mln sömdan ortiq miqdorni taşkil etganda, davlat xaridi tender ötkaziş yöli bilan amalga oşirilişi şart.
Buyurtmani “Eco House-Group” MÇJ amalga oşirişi közda tutilgan. 2018 yilda oçilgan mazkur kompaniya tez-tez nomini özgartirib turadi. Bundan oldin Whitecity Construction, Renaissance Company kabi nomlarda ham faoliyat yuritib körgan. Kompaniya ança maşhur. Xususan, Sardoba suv omboridagi fojiadan keyin Oqoltin tumanining Şodlik mahallasidagi 20 ta uyni quriş aynan Whitecity Construction'ga topşirilgan.
Bundan oldin esa Çilonzor tumani Oqtepa mavzesidagi uylar, Sergeli tumanidagi monolit uylar, Talabalar şaharçasida öqituvçilar uçun möljallangan binolar ham uşbu kompaniya tomonidan qurilgan.
Kompaniya, şuningdek, Zangiota tumanida Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini barpo etişda ham boş pudratçi sifatida tendersiz jalb qilingan va bir vaqtning özida loyihalaş hamda quriş işlariga ruxsat berilgan. Bu loyihani amalga oşiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 50 mln dollar ajratiş


















