Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Probatsiya töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 9 bob, 79 moddadan iborat bölib, unda probatsiya tizimining umumiy qoidalari, probatsiya xizmati faoliyatini taşkil etiş tartibi, probatsiya nazoratidagi şaxslarning huquqiy holati, probatsiyaning probatsiya nazorati tarzidagi şaklini qöllaş tartibi, probatsiyaning ijtimoiy moslaştiriş tarzidagi şaklini qöllaş tartibi, probatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş bilan boğliq boşqa masalalar tartibga solingan.
Şuningdek, loyihada probatsiya nazoratidagi şaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qiliş uçun elektron kuzatuv (elektron braslet) vositasini taqiş va yeçiş va foydalaniş tartibi belgilanmoqda.
Loyihada “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali vazirlik va idoralar bilan ma’lumotlar almaşinuvini taşkil etiş, probatsiya nazoratidagi şaxslarning elektron hisobini yuritiş, ularga nisbatan yuritiladigan yiğma-jildlarni elektron körinişga ötkaziş, probatsiya nazoratidagi şaxslarning elektron ijtimoiy-psixologik portretini tuziş va probatsiya nazoratidagi şaxsga jazodan ozod qilingani yoki jazoni ötab bölganligi haqida yozma yoki elektron ma’lumotnoma taqdim etiş tartibini joriy etiş nazarda tutilmoqda
“Qonun loyihasining qabul qilinişi probatsiya tizimidagi huquqiy böşliq va ziddiyatlarni bartaraf etişga, milliy xususiyatlar va şaroitlarni e’tiborga olgan holda xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajribani implementatsiya qilişga, şuningdek probatsiya amaliyotida yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
Pirovard natijada inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlaş, probatsiya nazoratidagi şaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni va jamiyatda yuriş-turiş qoidalariga hurmat munosabatini şakllantiriş, ularni ijtimoiy moslaştiriş va yangi jinoyat sodir etişining oldini oliş böyiça ta’sirçan va samarali tizim yaratilişiga erişiladi”, deyiladi hujjat loyihasida.

















