Toşkent şahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi asosida ötkazilgan tungi reyd davomida Gentra haydovchici inspektorning töxtaş işorasiga böysunmay, qoçib ketişga uringan. Uşbu voqea aks etgan videoda avtomobil majburiy tartibda töxtatilgandan keyin ham ruldagi ayol YPX xodimlarining qonuniy talabini bajarişdan boş tortgani, natijada voqea joyiga yordamçi kuçlar çaqirtirilgani tasvirlangan.
UzReport telekanalining “No Comment” dasturida e’lon qilingan videotasvirlarda Gentra majburiy töxtatilgandan söng haydovçi maşinasi jarima maydoniga joylaştirilişiga faol qarşilik qilgani, ayolga hamrohlik qilib kelayotgan opasi va qarindoşlik aloqalari oçiqlanmagan erkak jarayonga aralaşgani, ikki ayol köçani boşiga kötarib, baqir-çaqir qilganini köriş mumkin. Şuningdek, dastur davomida haydovçining yonida ötirgan erkak maşinadan tuşib, jarayonni tasvirga olayotgan operatorning faoliyatiga qarşilik qilmoqçi bölganida, içki işlar xodimlari uni töxtatib qolgani ham körinadi.
Bundan taşqari, reyd davomida haydovçi va uning hamrohlari çaqiruvlariga binoan fuqaro kiyimidagi noma’lum erkaklar kelib, YPX xodimlari bilan muzokara qilişga, qandaydir hujjatlarini peş qilib, haydovçiga çora körmaslik, majburan töxtatilgan avtomobilni jarima maydoniga joylaştirmaslikni söragan. Videoda içki işlar xodimlarining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilgan uşbu şaxslar maxsus xizmat xodimlari tomonidan olib ketilganini köriş mumkin.
Haydovçi ayol va uning opasi YPX xodimlarining heç bir talabiga itoat qilmagaç, uzoq muzokaralardan söng ular şu hududga mas’ul profilaktika inspektorining xizmat xonasiga borgan, biroq u yerda ham iş “pişmagaç”, tuman içki işlar bölimiga olib ketilgan. Videoda butun idorani boşlariga kötargan ayollarning spirtli içimlik ta’sirida yoki huşyor holda bölganiga aniqlik kiritilmagan.
Toşkentda yöl qoidasini buzgani uçun yozilgan jarimalarni öçirtirmoqçi bölgan “organ xodimi” uşlandi
Dastur yakunida Gentra haydovchici va uning şeriklari töpolon kötarib, suvdan quruq çiqib keta olmagani, mojaroli vaziyatga aralaşgan barça fuqarolarga sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uçun sud tomonidan 3 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani namoyiş etiladi. Şu bilan birga, voqeaning boş qahramonlari qilmişlari uçun uzr söraşadi.
















