2021 yil 31 dekabr kuni Taşqi işlar vazirligi hay’ati yiğilişi bölib ötdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabar berişiça, tadbirda Özbekiston boş vazirining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Alişer Payğamov iştirok etdi.

Yiğilişda Özbekiston prezidenti qaroriga muvofiq taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan Vladimir Norov taniştirildi.

1955 yilda Buxoroda tuğilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargaça – Özbekiston taşqi işlar vaziri bölib işlagan.
U turli yillarda turli mamlakatlarda elçi sifatida faoliyat körsatgan (1998—2003 yillarda — Özbekistonning Germaniyadagi, örindoşlik asosida – Polşa va Şveytsariyadagi elçisi. 2005—2006 yillarda — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2013 yil 27 avgustdan — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2014 yilning 2 dekabridan Özbekistonning Lyuksemburgdagi elçisi).
Vladimir Norov 2017 yil mayida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangan. 2019-2021 yillarda Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi lavozimida işlagan. Favqulodda va muxtor elçi diplomatik darajasiga ega.
Bundan avvalroq 2020 yildan buyon Taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan Farhod Arziyev Xitoyga elçi qilib yuborilgani xabar qilingandi.















