Milliarder Alişer Usmonovga aloqador «Telekominvest» kompaniyasi «Kapitalbank»ning 8,33 foiz aksiyalarini sotib oldi va bank ustav kapitalidagi uluşini 25 foizgaça oşirdi.

«Telekominvest» MÇJ Alişer Usmonovning USM holding kompaniyasining şu’ba korxonasi hisoblanadi.

«Kapitalbank»ning aksionerlari uluşida röy bergan sönggi özgarişga köp bölmadi. 2021 yilning noyabr oyi boşida tijorat bankining 34,1 foiz uluşini Oybek Tursunov sotib olgandi va şu bilan tadbirkor egalik qiladigan aksiyalar uluşi 50 foizga yetgandi. Uning qölidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani taşkil qilmoqda.

Alişer Usmonovga qaraşli kompaniyaga esa 98 959 960 dona aksiya ötgan.

Eslatib ötamiz, sentabr oyi oxirida USM Telecom (Alişer Usmonovning USM holdingi şu’ba korxonasi) va «Megafon» aloqa kompaniyasi (100 foiz uluşi USM Telecom’ga tegişli) Digital Holding qöşma korxonasiga asos solgan, uning tarkibiga Ucell aloqa operatori va boşqa qator mahalliy kompaniyalar kirgandi.