Prezident qarori bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar kiritildi va unga köra biznes ombudsmanning vakolatlari kengaymoqda. Bu haqda huquqiy axborot portali ma’lum qildi.

Kiritilgan özgartirişlarga köra, quyidagi huquqbuzarliklarga oid işlar Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Vakil) va uning devoni xodimlari tomonidan körib çiqiladi:

  • jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilikni buziş (tadbirkorlar murojaatlari qismida) (43-modda);
  • yer uçastkasini noqonuniy olib qöyiş (tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilişi qismida) (2002-modda);
  • xususiy mulk huquqini buziş (2411-modda);
  • tadbirkorlar faoliyatini tekşiriş va moliya-xöjalik faoliyatini taftiş qiliş tartibini buziş (2412-modda);
  • tadbirkorlar faoliyatini va (yoki) ularning bank operatsiyalarini qonunga xilof töxtatib turiş (2413-modda);
  • tadbirkorlarni homiylikka va boşqa tadbirlarga majburiy jalb etiş (2414-modda);
  • imtiyozlar va preferensiyalarni qöllaşni ğayriqonuniy rad etiş, qöllamaslik yoki qöllaşga tösqinlik qiliş (2416-modda);
  • tadbirkorlar hisobvaraqlarida pullari mavjudligi töğrisidagi axborotni qonunga xilof ravişda talab qilib oliş (2418-modda);
  • tadbirkorlardan qonunçilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib oliş (24110-modda).

Mazkur qonun qabul qilingungaça uşbu huquqbuzarliklar jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan körib çiqilgan.

Vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid işlarni körib çiqişga hamda jarima qöllaşga uning örinbosarlari va Vakil devoni boş inspektorlari haqli.

Uşbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Avvalroq, Özbekistonda biznes ombudsmanga murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki barobar köpaygani xabar qilingandi. Ma’lum qilinişiça, biznes ombudsmanga eng köp kelib tuşgan murojaatlar soni Toşkent şahri (643), Toşkent viloyati (583) hamda Qoraqalpoğiston Respublikasiga (540) töğri kelgan. Sohalar kesimida tadbirkorlarni eng köp qiynayotgan muammolar bu — yer masalasi (1 179) va kredit ajratilişi (1 119).