Şirkat xabariga köra, «Namangan» xalqaro aeroporti «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Namangan-Moskva yönalişi böyiça qatnoviga uşbu yangi tizim böyiça xizmat körsatdi. Bortida 222 yölovçi bölgan samolyot keça parvoz qildi. Yangi röyxatga oliş tizimi böyiça ikkinçi qatnov ham 12 yanvar kuni soat 03:00da Namangan aeroportidan Yekaterinburgga amalga oşirildi.
«Ilgari barça aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta röyxatdan ötiş tizimidan foydalanardi. Keyinçalik aeroportlar uçun özlarining röyxatga oliş tizimiga ega böliş ehtiyoji tuğildi. Uzbekistan Airports Sirena Travel kompaniyasining Astra DCS tizimini tanladi. Özbekistonning barça 11 ta xalqaro aeroportlarida, özining röyxatga oliş tizimiga ega bölmagan barça aviakompaniyalar ham uşbu tizimga bosqiçma-bosqiç ötadi. Tizim grafik interfeysga ega bölib, yölovçilar va yuklarni tez va qulay tarzda röyxatdan ötkaziş imkonini beradi», — deydi Uzbekistan Airports boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Javlon Umarxöjayev.
Ta’kidlanişiça, bu yölovçilar va bagajni röyxatdan ötkaziş jarayonining barça zarur operatsiyalari avtomatik ravişda bajarilişini ta’minlaydigan zamonaviy köp tilli xosting tizimdir.

















