17 yanvar kuni Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazdi.
Anjumanda Artel, “Özbekiston temir yöllari” va Uzbekistan Airways kabi yirik kompaniyalarga soliq imtiyozlari berilgani natijasida davlat budjetiga tuşmayotgan mablağlar kimning yelkasiga tuşayotgani, ularga nega mol-mulk soliğidan imtiyozlar berilgani va ularning balansida qança mol-mulk borligi haqida savol berildi. Ammo Soliq qömitasi raisining bergan javobi jurnalistni qanoatlantirmadi, u ijtimoiy tarmoqlardan “Artel korxonalar tizimining şoxi bormi?” degan savol kelib tuşayotganini aytdi.
Qudbiyev korxonalarning mol-mulki töğrisidagi ma’lumotlar soliq siri hisoblanişi, berilgan imtiyozlar “heç kimning yelkasiga tuşmayotgani” va ular sohani rivojlantiriş uçun berilişini bildirib, bu javobi jurnalistni qoniqtirmasa, bu uning işi ekanini aytdi. DSQ raisi savol bergan jurnalistni “yoş qizça” deb atab, unga xalq nomidan gapirişga haqqi yöqligini uqtirdi. Vaholanki, jurnalist “xalqdan tuşgan savol” deganda “odamlar yöllayotgan savol” ma’nosida gapirganini anglaş qiyin emasdi. Natijada Qudbiyevning javobi qöpollik sifatida qabul qilinib, tanqidlarga sabab böldi.
Şundan söng, Artel kompaniyasi e’tiroznoma şaklida rasmiy munosabat bilan çiqdi.
Bayonotda kompaniya tarkibidagi korxonalarda xodimlar soni 10 mingdan ortiq ekani aytilib, kompaniya tölagan soliqlar va eksport miqdori keltirib ötilgan.
“2022 yildagi soliq qonunçiligidagi özgarişlar natijasida Artel kompaniyasi uçun mol-mulk soliq hisoblaş bazasi 2,1 barobarga ortdi.
Elektrotexnika sohasini rivojlantiriş uçun “Özeltexsanoat” tarkibiga kiruvçi va elektrotexnika sanoatining barça işlab çiqaruvçilari muayyan soliq imtiyozlariga ega. Ma’lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2021 yildagi PQ-5011-sonli qarorida körsatilgan imtiyozlardan Artel kompaniyasi “Özeltexsanoat” tarkibiga kiruvçi 100 dan ortiq korxonalar bilan teng huquqda foydalanadi. Ya’ni Özbekiston Respublikasi qonunçiligida Artel kompaniyasi uçun maxsus yoki alohida tartibda imtiyozlar berilmagan”,

















