Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida qişki ta’tildan keyingi öqiş onlayn şaklda bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, belgilangan tartibga köra, koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barça idora va taşkilotlar, şu jumladan, oliy ta’lim muassasalari ham mazkur qaror asosida iş yuritadi. Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qöşimça ma’lum qilinadi.

«Şu sababli barça ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatçilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan xabarlarga işonişlarini sörab qolardik», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda talaba va öquvçilar uçun qişki ta’til 25 dekabrdan boşlangandi. Ta’til 2022 yilning 10 yanvarigaça davom etişi va dars jarayonlari 11 yanvardan boşlanişi belgilangandi. Keyinroq oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari öquvçilari uçun qişki ta’til muddati 24 yanvargaça uzaytirildi.