Maktab öquvçilarining masofaviy şaklda sifatli ta’lim olişi uçun Milliy teleradiokompaniya telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram-kanali orqali onlayn darslar berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravişda «Onlayn maktab» telegram-kanali orqali e’lon qilib boriladi. 

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi esa OTM darslari masofaviy ta’limga ötkazilişi bilan barça zaruriy texnologiyalar safarbar qilinişini xabar qildi.

Darslar onlayn tarzda ötiladigan bir oy muddatda OTM va maktab öqituvçilari öz iş joylarida bölişi, faqat muassasalarda kasallik aniqlangan holatlarda pedagoglarning masofaviy tarzda işlaşga ötkazilişi Xalq ta’limi va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan ma’lum qilindi.

Ta’lim jarayoni “onlayn” şaklda amalga oşiriladigan davrda umumta’lim muassasalari va “Barkamol avlod” maktablari pedagog va boşqa xodimlariga, şu jumladan mehnatiga soatbay haq tölaş asosida faoliyat yuritayotgan öqituvçilarga iş haqi tölovlari saqlangan holda tölab beriladi.

Öqituvçilar kundalik jadval asosida dars berayotgan fanlari böyiça öquvçilarning özlaştirişini, uyga vazifalar bajarilişini hamda öquvçilar bilimini sinf jurnaliga (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda Kundalik.com tizimiga) baholab borişni ta’minlab borişlari hamda zaruriyatga köra "Onlayn maktab" loyihasi doirasida ötilgan mavzularni öquvçilarga qöşimça tuşuntirib borişlari lozim.

Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi esa bu muddatda OTM va maktablardagi masofaviy ta’lim sifati doimiy ravişda monitoring qilinişini bildirdi