Garçi Markaziy Osiyo mamlakatlarida turmuş tarzi bosqiçma-bosqiç avvalgi holatiga qaytayotgan, energiya ta’minoti tiklanayotgan bölsa-da, blekaut köp narsani izdan çiqardi.

Hozirça energiya ta’minotidagi uzilişning iqtisodiyotga yetkazgan zarari ma’lum emas. Barçasi izga tuşgaç, bu raqamlar hisob-kitob qilinib, oçiqlansa kerak.

Özbekiston

25 yanvar kuni soat 11:00 atrofida Toşkent şahrining qariyb barça tumanlarida elektr energiyasi uzilib qoldi. Keyinçalik nafaqat poytaxt, balki Özbekistonning aksariyat hududi “svet”siz qolgani ma’lum böldi. Qöşni Qozoğiston va Qirğizistonning bir qança yirik şaharlari ham elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Özbekiston Boş prokuraturasi akademiyasi bölimi boşliği, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş va axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis Ğayrat Musayev Kun.uz bilan suhbatda blekautni yuzaga keltirgan taxminiy versiyalardan biri hakerlar hujumi bölişini inkor etmadi.

Energetik kollaps metro harakati va suv ta’minotida ham muammolarni keltirib çiqardi. Kutilmaganda sodir bölgan uziliş tufayli Toşkent metropolitenining işi töxtatildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Keyinçalik harakatlanib ketayotgan metro vagonlari bekatlar orasida qolib ketgani ma’lum böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, “Toşkentmetropoliteni”ning “Maşinasozlar” (135 nafar), “Bodomzor-Minor” (70 nafar) va “Amir Temur” (210 nafar) bekatlari oraliğida (vagonlar içida) qolib ketgan jami 415 nafar yölovçi olib çiqilgan.

Yölovçilar Kun.uz muxbiri bilan suhbatda “bunaqasi heç qaçon bölmagani”ni ta’kidlaşdi.