Kogon tumanida 21 yoşli yigit 31 yoşli fuqaro yetkazgan oğir tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, voqea 2022 yil 28 yanvar kuni Kogon tumanining Jomard qişloğida sodir bölgan. 31 yoşli J.J. hamda 21 yoşli I.A. köçada körişib, özaro janjallaşib qolgan. Janjal paytida J.J. I.A.ni urib, unga oğir tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yaşiringan. Buning oqibatida I.A. RŞTYoIM Buxoro filialining jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan J.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Tergov jarayonida aniqlanişiça, J.J. bir kun oldin mast holda jabrlanuvçi bilan telefon orqali bir-birini haqorat qilgan. Söngra ular belgilangan joyda uçraşib, gaplaşib olmoqçi bölgan. Yigitlarning uçraşuvi esa janjalga aylanib ketgan.

















