Boş prokuratura axborot xizmati Toşkent hayvonot boğida sodir bölgan voqea böyiça yangi tafsilotlarni oçiqladi.

“Toşkent hayvonot boğida ona 3 yoşli qizini ayiqlar voleriga taşlab yuborganligi bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Iş böyiça ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida röyxatda turganligi ma’lum böldi.
Ayblanuvçining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlaş yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan”, deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Tergov harakatlari davom etayotgani qöşimça qilingan.
Qizaloq va ayiq voqeasi: ayol nega bolasini yirtqiç çangaliga taşlagan?
Avvalroq Kun.uz öz manbalariga tayanib, qizini yirtqiç hayvon saqlanadigan joyga uloqtirgan ona ruhiy xastalikka çalingani bois tegişli röyxatda turişi haqida xabar bergandi.
Ayolning otasi Yöldoş Tölaganov qizi ruhiy-asab kasalliklari röyxatida turişini tasdiqlagan, unda kasallik alomatlari bir yarim yilça avval paydo bölgani, bunga u kelin bölib tuşgan oiladagi muhit, eri tomonidan muttasil kaltaklangani sabab bölganini ma’lum qilgandi.
Voqealar rivoji
28 yanvar kuni soat taxminan 12lar atrofida noma’lum ayol kiçkina qizçani Toşkent hayvonot boğining Zuzu laqabli ayiq saqlanadigan volerga taşlab yuboradi. Bu voqeani ötkinçilar körib qolib, hayvonot boğining xavfsizlik bölimi xodimi Ergaş Mamatovga xabar berişadi. U öz navbatida hayvonot boğining Yirtqiçlar bölimi mudiri Nodir Bahromovga telefon qilib, sodir bölgan hodisa haqida axborot beradi.


















