“Intellektual mulk obektlari töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari töğrisida”gi qonunga qöşimçalar kiritildi. Sanoat mulki obektlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun jarima soliş asoslari va tartibi, şuningdek yuridik şaxslar tomonidan jarimani tölaş tartibi belgilandi.

Tegişli patentlangan sanoat mulki obektini öz içiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlaş, qöllaş, import qiliş, sotişga taklif etiş, sotiş, fuqarolik muomalasiga boşqa yösinda kiritiş kabi harakatlarni sodir etgan yuridik şaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigaça jarima solinişi mumkin.

Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi böyiça alohida belgilanadi. Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy içida ixtiyoriy ravişda tölangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini tölaşdan ozod etiladi.

“Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişga köra, barça yuridik yoki jismoniy şaxs öz nomiga tovar belgisini röyxatdan ötkazişi mumkin, ilgari - tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirgan şaxslar.

Tovar belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun jarima soliş asoslari va tartibi, şuningdek yuridik şaxslar tomonidan jarimani tölaş tartibi belgilandi.

Tovar belgisidan, tovar kelib çiqqan joy nomidan yoki ular bilan adaştirib yuboradigan darajada öxşaş bölgan bir turdagi tovarlar uçun belgilardan qonunga xilof ravişda foydalaniş yuridik şaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

“Firma nomlari töğrisida”gi qonunda firma nomlari töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun jarima soliş asoslari va tartibi, şuningdek yuridik şaxslar tomonidan jarimani tölaş tartibi mustahkamlandi.