Ijtimoiy tarmoqda Beruniy tumanida qiz bolani zörlik bilan olib qoçayotganlar tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpoğiston IIV matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, holat joriy yilning 4 fevral kuni Beruniy tumanida sodir bölgan. Tumanda yaşovçi 1996 yilda tuğilgan fuqaro A.X. özining 2 nafar tanişlari bilan birgalikda 2002 yilda tuğilgan (qiz bola) B.O.ning erkiga xilof ravişda u bilan nikohda böliş uçun zörlik işlatib, olib qoçgan.

Olib qoçilgan 20 yoşli qiz 4 fevral kuni soat 21:00 larda Beruniy tumani IIB boşliği nomiga yuqoridagi holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.