Taxtaqoraça dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar qilmoqda.
Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtaqoraça dovonida transport vositalarining harakatlanişi vaqtinça töxtatilgan. Bunga qalin qor yoğayotgani va noqulay ob-havo sabab bölgan.
«Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi «Taxtaqoraça» dovonida qalin qor yoğganligi sababli, turli köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatildi», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, bugun 2022 yil 6 fevral kuni mazkur dovonda kuçli qor yoğayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, Taxtaqoraçadan ötgan yöl M39 Olmaota-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining bir qismi hisoblanadi.

















