Andijon viloyati xalq ta’limi boşqarmasi boşliği Azizbek Mirkamilov Marhamat tumanida bölib ötgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Maktab öqituvçilari va ota-onalar yiğilişi Marhamat tumani hokimidan çiqqan taşabbus bölib barça maktablarda ötkazilişi topşiriq berilgan, tuman hokimining şaxsan mazkur holat böyiça özining munosabat berişini qat’iy talab qilaman», degan u.

U viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov tomonidan ötkazilgan apparat yiğilişida birorta umumta’lim maktabi direktorlariga va öqituvçilariga intizomiy çora köriş yoki ularni kamsitiş mumkin emasligi qat’iy körsatib ötilib, ogohlantirilganini qayd etgan.

«Şuni aytib ötiş joizki, viloyat hokimi öqituvçilarni e’zozlaşi va doimiy ustozlarga kömak berişini barça andijonlik ziyolilar yaxşi biladi.

Bunday yiğilişlar ötkazilişi mumkin emasligi böyiça tuman xalq ta’limi bölimi mudiri tomonidan tuman hokimining örinbosariga aytilgan va bu taşabbus mudir tomonidan berilmagan. Mazkur holat yuzasidan menga ma’lum bölgaç, men viloyat hokimining örinbosariga va tuman hokimiga mazkur mazmundagi yiğilişlar viloyat hokimining va ustozlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bölişini aytganimdan söng yiğilişlar ötkazilişining oldi olindi.

Öz vaqtida yuqoridagi holatlarning oldini olmaganim uçun va ustozlarni himoya qilmaganim uçun barçangizdan uzr sörayman!», deyiladi viloyat XTB munosabatida.