Bu – 2018 yil aprelida qabul qilingan prezident farmonida yozib qöyilgan. Adliya vazirligi 2020 yilda bu talabni “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunga kiritişni taklif qilgandi, biroq yakunda öşa yili yangilangan bu qonunga bunaqa modda kiritilmadi.
Amaliyotda esa NHHlar loyihalari prezident farmoniga zid ravişda muhokamaga çiqarilmasdan qabul qilinişi holatlari tez-tez uçramoqda. Kun.uz muxbiri 7 fevral kungi matbuot anjumanida bu borada adliya vaziri Ruslanbek Davletovdan izoh söradi.
“Aytişimiz kerakki, 2021 yilda jamoatçilik muhokamasi uçun qöyilgan loyihalar soni kamaydi. 2020 yilda 1378 ta loyiha muhokama uçun qöyilgan bölsa, ötgan yilda 840 larga tuşib qoldi. Buning sabablari ham bor, çunki vazirliklar özlari işlab çiqqan hujjatni muhokamaga qöyib, darrov rezonanslar bölib ketayotgandi, bilasizlar.
U loyihalar sifatsiz hujjat, ijroçilar endigina işlab çiqqan. Birorta vazirlik körmagan, şunga u yerda har xil rezonans bölaverganidan keyin, “Töxtanglar, avval bir vazirliklar bilan işlanglar”… [deyildi].
Bundan taşqari, bitta vazirlik boşqa boşqa vazirlikning sohasiga oid har xil takliflar beradigan bölib ketdi. Şuning uçun buning oldini oliş va jamoatçilik muhokamasida ham sal tartib bölsin deb şu iş qilindi. Bu töğri deb, öylaymiz. Çunki birinçi bölib [loyihani] şu sohaga taalluqli vazirliklar körib qöyişi kerak. Falon milliard söm ajratamiz, deb qöyib, uni Moliya vazirligiga körsatmagunça qanday qilib uni çiqarasiz. Budjetni rejalaştiriş kerak-ku.
Prezident qarorida hamma hujjatlar muhokamadan ötişi kerak, deyilgan. Lekin qonunda unaqa yozilmadi. Hujjatlar sohasiga qarab, [muhokamadan ötişi] kerak-kerakmaslari ham. Aniq jamoatçilik manfaatlari bilan boğliq masalalar bugungi kunda muhokamaga çiqarilyapti”, – dedi adliya vaziri.

















