Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçilarining Möynoq tumani Qozoqdaryo ovuliga şanbalikka jalb etilganligi hamda ayni damda Xalq ta’limi vaziri ham xizmat safari bilan Qoraqalpoğistonda ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Uşbu holatga Möynoq tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Qoraqalpoğistonda öqituvçilarning şanbalikka jalb etilganligi holati ayni vaqtda nazoratga olingan va örganilmoqda.
Şuningdek, Xalq ta’limi vazirligi Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoşlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga ta’lim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida” qaroriga asosan, xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş qat’iyan taqiqlanganini eslatib ötgan.
Mazkur qarorga köra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari tegişli javobgarlikka tortilişi belgilangan.
Ta’kidlanişiça, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktablarni örganiş jarayoni 8 fevral kuni yakunlangan va şundan söng vazir 3 ta viloyatga – Xorazm, Navoiy va ayni vaqtda Samarqand viloyatiga borgan.

















