Kun.uz saytida «E’tibordan çetdagi manzil: Danğaradagi Orol qişloğining adoqsiz muammolari» sarlavhasi ostidagi suriştiruv maqolada Farğona viloyati Danğara tumani Orol qişloğidagi içimlik suv, yöl ta’miri, elektr ta’minoti, tabiiy gazdagi muammolar hamda qişloqda boğça, maktab, qişloq vraçlik punkti, madaniy hordiq çiqariş maskanining mavjud emasligi tanqid ostiga olingan edi.

Foto: Danğara tuman hokimligi

Maqola e’lon qilingaç, Danğara tumani hokimi Şuhrat Tojihakimov mas’ul korxona, taşkilot va muassasa rahbarlari bilan Orol qişloğida bölib, aholi bilan muloqot qilgan.

Foto: Danğara tuman hokimligi

Tuman hokimi Orol qişloğida şaroitlarni yaxşilaş uçun yangi transformator punkti örnatilib, elektr uzatiş tarmoqlari qurilişi, yangi içimlik suv tarmoği tortilib, mavjud suv quduği hamda suv minorasi qayta ta’mirlanişi, içki yöllar asfaltlanişini ma’lum qilgan.

Şuningdek, hududda davlat xususiy şerikçiligi asosida maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati yölga qöyilişini ta’kidlagan.

Foto: Danğara tuman hokimligi

«Farğona HETK» AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, qişloqqa yangi temir-beton tayançlari yetkazilib, elektr ta’minotini yaxşilaş maqsadida amaliy işlar boşlangan.