Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning öğli Serdar Berdimuhamedov bölajak saylovlarda mamlakat prezidentligiga nomzod etib körsatildi. Bu haqda Salam News naşri xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, 14 fevral kuni Turkmaniston demokratik partiyasining navbatdan taşqari IX s’yezdi bölib ötgan.
«Kun tartibiga köra, Turkmaniston prezidenti lavozimiga Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovning nomzodi ilgari surildi. S’yezd qatnaşçilari Serdar Berdimuhamedovning nutqini tingladi va uni qöllab-quvvatladi», — deyiladi xabarda.
Serdar Berdimuhamedov 1981 yilda tuğilgan. U Turkmaniston qişloq xöjalik universitetini bitirgan. 2008-2011 yillarda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Jyenevadagi xavfsizlik siyosati markazida tahsil olgan.
Serdar Berdimuhamedov 2018 yilda mamlakat taşqi işlar vazirining örinbosari etib tayinlangan. 2020 yilda sanoat va quriliş vaziri lavozimini egallagan Serdar 2021 yil fevraldan buyon boş vazir örinbosari lavozimida işlab kelmoqda.
Turkmanistonda navbatdan taşqari prezident saylovi şu yilning 12 mart kuni bölib ötadi.
Avvalroq, Turkmaniston prezidenti hokimiyatni öğliga topşirişga qaror qilgandi.


















