Toşkent şahridagi «Anhor» boği sotuvga qöyildi. Bu haqda «E-auksion.uz» platformasida ma’lumot berilgan.

Şayxontohur tumani Labzak köçasida joylaşgan boğning boşlanğiç qiymati 376 milliard 485 million sömni taşkil etadi. Kimoşdi savdosi 18 mart kuni boşlanadi.

Ma’lumot uçun, obekt 2016 yilda qurilgan. Umumiy maydoni 8,35 gektar. Gaz, elektr ta’minoti, suv va kanalizatsiya tizimlari mavjud.